


Yillik pedagogik kengash yig'ilishi.
Sardoba tuman 1-son texnikumida 10-iyul kuni 2025-2026 o'quv yili yakuni bo'yicha pedagogik kengash yig'ilishi o'tkazildi.Yig'ilishda direktor, direktor o'rinbosarlari, psixolog, ishlab chiqarish ta'lim ustalari va o'qituvchilar xisobot berishdi.




Diplom topshirish marosimi
Texnikumda
2025-2026 o‘quv yili yakuni munosabatib bilan 2-kurs o‘quvchilarga diplom
topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda 250 nafar bitiruvchiga diplom berildi
shundan 34 nafariga a’lo darajali (qizil) diplom berildi.Shuningdek
o‘quv yli davomida na’munali xulqi, sport musobaqalari va tadbirlarda faol
ishtirok etgan o‘quvchilar uchun faxriy yorliqlar hamda ota-onalarga
tashakkurnomalar berildi.
Guliston
shahri Yoshlar markazida 2026 yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Sirdaryo
viloyati bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Sardoba
tuman 1-son texnikumidan 2 nafar o‘quvchi faxirli o‘rin olishdi:“Payvandchilik
texnologiyasi” kasbidan 5-24 guruhi
o‘quvchisi Abdugapparov Abdulaziz Abdusodiq o'g'li 4-o‘rinni egallab Respublika
bosqichiga yo‘llanma oldi.“Modalar
texnologiyasi” kasbidan 11-24 guruhi
o‘quvchisi Kushbakova Gulsevar Qizilboy qizi 5-o‘rinni egallab Respublika
bosqichiga yo‘llanma oldi.




“Karyera kuni”
Sardoba tuman 1-son texnikumida 25-iyun kuni “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.Sardoba tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari A.Ismoilov tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumot berdi. Bitiruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida e’lonlar bilan tanishdi va ish topish bo‘yicha berilgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. Tadbirda tumandagi yirik korxonalar "Sardoba universal cluster" MChJ va "Indorama agro" MChJlar hamda tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.



Giyohvandlikka qarshi kurash.
Sardoba tuman 1-son texnikumida Sirdaryo viloyat sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayati sudiyasi O.Djumayev va Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining tergov sudiyasi I.Qoraboyevlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 11 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1151-sonli Qonuni mazmun mohiyati va uning jamiyatdagi ahamiyati to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.


Qabul - 2026
Texnikumda 2026-2027-o‘quv yiliga qabul rejasi: 9-sinf negizida
1. Avtomobillar servisi - 30 nafar 2. Traktor va agrotexnikalar mashinisti - 30 nafar 3. Metallga qayta ishlov berish - 30 nafar 4. Agrobiznes va marketing agent - 30 nafar 5. Grafik va dizayn texnologiyas - 30 nafar 6. Oshpaz - 30 nafar
Dual ta’lim 7. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash laboranti - 30 nafar 8. Yigiruv ishlab chiqarish - 30 nafar 9. Moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi - 30 nafar
11-sinf negizida 10. Kompyuter injiniring - 30 nafar JAMI - 300 nafar
Manzil: Sardoba tuman Xalqobod MFY Paxtaobod ko'chasi 9
-uy
✅Bog‘lanish: +998943513327, +998933261177 ✅ Call center +998941651923



Psixologik o'quv-seminar o'tkazildi.
Psixolog O.Raxmonqulova tomonidan pedagog xodimlarga “Kasbiy taʼlim tizimida shaxsni psixologik qoʻllab-quvvatlash” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi. Seminarda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, oʻquvchi-yoshlar bilan diagnostik, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni tizimli tashkil etish, kasbga yoʻnaltirish va moslashuvchan koʻnikmalarni rivojlantirish, ota-onalar, pedagoglar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan hamkorlik qilish tushuntirildi. Oʻquv-seminar mashgʻuloti guruhli muhokama, interaktiv mashqlar va refleksiya metodlari asosida tashkil etildi.


“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026”
Texnikumda 1-2 iyun kunlari Yoshlarning kasbiy iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularni xalqaro standartlar asosida raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlash maqsadida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar Oshpazlik, Kompyuter grafikasi, Tikuvchilik, Payvandlash ishlari va Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy mahorati, mas’uliyati va ijodkorligini namoyish etdilar. Bellashuvlar yakunida eng faol va iqtidorli yoshlar saralab olinib, tanlovning navbatdagi bosqichiga yo‘llanma oldilar. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” nafaqat tanlov, balki yoshlarning kelajak sari dadil qadam tashlashlari, o‘z orzu va maqsadlariga erishishlari uchun yaratilgan ulkan imkoniyatdir.


Targ'ibot tadbiri va siyosiy-maʼrifat soati.
Sardoba tuman 1-son texnikumida Sirdaryo viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasining 2026 yil 18-maydagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘quvchi-talaba qizlar hamda ta’lim muassasalarida ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida shilqimlik, tazyiq va zo‘ravonliklar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa vositasi — himoya_otv_bot qayta tashkil etilganligi to‘g‘risida”gi № 01-4/387-son xatiga asosan ta’lim muassasasida ishlovchi xotin-qizlarga mazkur xat e’lon qilindi hamda tushunchalar berildi. Shuningdek siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar berildi.






Xitoy davlatida malaka oshirish.
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim tizimidan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida joylashgan “Beifang Teaching Aid” kompaniyasida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasbi bo‘yicha 2026-yilning 16 maydan 30 mayga qadar malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun Sardoba tuman 1-son texnikumidan Ishlab chiqarish ta'lim ustalari Abdumurod Abduvahobov, Jamshid Sherbekov va 2-24 guruhi o‘quvchisi Asilbek Nurmatovlar yuborildi. Mazkur malaka oshirish kurslari davomida ishtirokchilar zamonaviy avtomobil texnologiyalari, texnik servis xizmatlari, innovatsion ta’lim metodikalari hamda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganadilar.




“Davra suhbati”
Sardoba tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i yordamchi mayor X.Abdusamatov ishtirokida seysmik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.


“Kasblar festivali”
Sardoba tuman 1-son texnikumi o'quvchilari Guliston shahrida o‘tkazilgan bilim va mahoratni birlashtirgan “Kasblar festivali”da “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish”, “Payvandlovchi”, “Tikuvchi” va “Oshpaz” kasblari bo‘yicha tayyorlangan jixozlar va mahsulotlari bilan qatnashdi.


“Mening kelajakdagi kasbim”
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Sirdaryo viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasining viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish reja grafigiga asosan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Oliy majlis qonunchilik palatasi dеputati G.Olimova, ish bеruvchi korxonalar, tuman mutasaddi rahbar xodimlar va 20 ta o‘rta ta’lim makblarining 700 nafardan ortiq o‘quvchilari ishtirok etishdilar.



Profilaktik targ'ibot tadbiri.
Sardoba tuman 1-son texnikumida tuman IIB YPX inspektori kichik serjant O.Alijonovlar ishtirokida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yo‘l transport harakati xavfsizligi” to'g'risida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.



“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri.
uchrashuv yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim tadbir bo'ldi.




“Amir Temur oyligi” doirasida tadbir.
Sirdaryo viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasining 2026 yil 7-apreldagi “Sirdaryo viloyati hokimining 2026-yil
4-apreldagi “Amir Temur oyligi” doirasida buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini nishonlash bo‘yicha 3/03-62-sonli chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida”gi № 01-03-4/232-son xatiga asosan O‘zbekiston Adolat SDP Sirdaryo viloyati kengashi raisi o'rinbosari B.Abdullayev ishtirokida buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.



Qabul
targ‘ibot tadbiri.
2026–2027 o‘quv yili uchun abituriyentlarni kasb va mutaxassisliklarga jalb etish maqsadida tumandagi 2 va 11-sonli umumta’lim maktablarining 9 va 11-sinf bitiruvchilari bilan texnikum direktori G.Berdiyorova va qabul targ‘ibot guruhi a’zolari uchrashuv o‘tkazishdi. O‘quvchilarga, kunduzgi va dual ta’lim shakllari, mavjud kasb va mutaxassisliklar, qabul tartibi hamda kelajakda mehnat bozorida ularga bo‘lgan ehtiyoj haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



“Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot.
Sardoba tumani prokurori Ravshanbek Norbayev boshchiligida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tuman 1-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.





“Ochiq eshiklar kuni”
Sardoba tuman 1-son texnikumida tumandagi 3, 5, 6 va 18-sonli umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarida kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘quvchilarga kunduzgi va dual ta’lim shakllari, mavjud kasb va mutaxassisliklar, qabul tartibi hamda kelajakda mehnat bozorida ularga bo‘lgan ehtiyoj haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tashrif jarayonida o‘quvchilar texnikumning o‘quv xonalari, ustaxonalar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.




“Zulfiyaxonim qizlari”
Sardoba tuman 1-son texnikumida 1-mart Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavallud kuni munosabati bilan oʻquvchi-qizlar o‘rtasida “Zulfiyaxonim qizlari” nomli ko‘rik-tanlov hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.



Yoshlar bilan uchrashuv
Sardoba tuman 1-son texnikumi direktori v.v.b. B.Subanov tomonidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslarni taqdimoti bo'yicha namoyish etildi hamda o‘quvchilarga tushuntirildi.


Rahbar va yoshlar uchrashuvi — ochiq va samimiy muloqot!
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va takliflarini bevosita rahbariyatga yetkazish, ularning fikrini eshitish hamda amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga egadir.
“Yoshlar giyohvandlikka qarshi”
“Yoshlar orasida narkotiklarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mavzuga oid slayd va videoroliklar namoyish etildi, Mazkur tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash, zararli odatlardan yiroq bo‘lishga xizmat qiladi.

“Kiber jinoyatchilikka qarshi kurash”
Sardoba tuman 1-son texnikumida “Kiber jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbrida O‘zbekiston “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi J.Komilov, Sardoba tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Yunusov va tuman IIB inspektor psixologi S.Mardiyevlar ishtirok etdi.


“Boburga ehtirom”
Sardoba tuman 1-son texnikumida buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Boburga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, o‘quvchilar tomonidan g‘azallari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda viktorina savollari orqali yoshlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Напиши что-нибудь...
ZAKOVAT INTELLEKTUAL O'YINI
Sardoba tuman 1-son texnikumida o'qituvchilar va xodimlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi, o'yinda turli sohalarga oid qiziqarli savollar berildi, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy ishlash ko'nikmalari namoyon etildi.
2025 yil 26 dekabr kunigi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo'llagan murojaatnomasining mazmun-mohiyati to'g'risida:
Sardoba tuman 1-son texnikumi direktori v.v.b. B.Subanov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo'nalishlar o'qituvchi va xodimlarga batafsil tushuntirib berildi.
Texnikum direktori v.v.b. B.Subanov 2025 yil 26 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati haqida gapirib o'tdi.
2025 yil yakunlari bo'yicha erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan tub islohotlar, 2026 yilda oldimizda turgan dolzarb masalalar va bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar, rejalashtirilgan tub islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Yig'ilish davomida murojaatnomaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan maqsad va vazifalarning ta'lim muassasalari faoliyatidagi ahamiyati alohida ta'kidlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
